Uni ishlab chiqishda BMWdan tashqari, TYDE kemasozlik kompaniyasi va bastakor Xans Simmer ishtirok etdi.

Tashqi tomondan mazkur transport vositasi qayiqdan ko'ra ko'proq samolyotga o'xshab ketadi. Bu qayiqda avtomobilga xos xususiyatlar ham bor. Xususan, yangi boshqaruv tizimi, jumladan sport uslubidagi rul va xususiy OS BMW 8 asosida ishlaydigan 32 dyuymli 6K HMI sensorli ekran. U raqamli ma'lumotlarni ko'rsatish va ovozli buyruqlar orqali boshqarish imkonini beradi. Bortdagi akkumulyatorlarning sig'imi 90 kilometr masofani bosib o'tish uchun yetarli. Bastakor Xans Simmer yo'lovchilar sayohat paytida bahramand bo'lishi uchun Dolby Atmos tizimi asosida saundtrek yaratdi, deb xabar beradi techcult.ru.