BMW konserni qayta ishlanadigan materiallardan tayyorlangan birinchi elektrokar - i Vision Circular avtosini taqdim qildi. Ishlab chiqaruvchi taʼkidlaganidek, avtomobilning har bir detalini olish va yangisiga almashtirish mumkin.
Mazkur elektrokar Germaniyaning Myunxen shahrida 6-sentyabr kuni avtomobillar koʻrgazmasi doirasida taqdim qilingan. i Vision Circular korpusi boʻyalmagan poʻlat va alyuminiydan iborat. Avtomobil saloni ham qayta ishlanadigan materiallardan tayyorlangan (boʻyoq, teri va xrom umuman mavjud emas). BMW ning yetakchi dizayneri Adrian van Xoydonkning taʼkidlashicha, elektrokarda kompozit materiallar yoʻq.
BMW i Vision Circular mashinasini taxminan 2040-yilga qadar seriyali ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish mumkin boʻlgan kelajak mashinasi sifatida taqdim etdi.










