Minskda futbol boʻyicha Belarus Oliy ligasi 2022-yil yakunlari boʻyicha eng yaxshilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Yurtdoshimiz Bobir Abduxoliqov joriy mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. Shuningdek, unga chempionatning eng yaxshi hujumchisi va eng yaxshi toʻpurari nominatsiyasiga atalgan sovgʻalar ham tantanali tarzda topshirildi.

Matbuot xabarlariga qaraganda, futbolchi sovrinlarni qabul qilgach, keyingi mavsumni boshqa chempionatda boshlashini mumkinligini maʼlum qilgan. Lekin qaysi mamlakat jamoasiga oʻtayotganini aytmagan.

Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, B. Abduxoliqov mavsum davomida “Energetik-BGU” tarkibida raqiblar darvozachiga 26ta gol urib, 6ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mavsum yakunida uning jamoasi kumush medal sohibi boʻldi.