Bobousmon Baturovdan ishonchli gʻalaba

    Sport 27 Iyul 2021 1094

    Bokschimiz Bobousmon Baturov delegatsiyamizning bugungi kun dasturidagi ilk g‘alabasini taqdim qildi.

    Vakilimiz dastlabki bahsda dominikanlik raqibiga qarshi ringga ko‘tarildi.

    Jang avvalidan o‘z ustunligini namoyish qilgan Baturov yakunda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Vakilimiz shu tariqa chorak final bosqichiga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda u britaniyalik Pet Makkormakka qarshi ringga ko‘tariladi.