Professor 2022-yil may oyida Yozuvchilar uyushmasida boʻlib, uyushma vakillari bilan boʻlgan uchrashuvda “Boburnoma” tarjimasining qayta nashri haqida xabar bergandi (birinchi nashr 2016-yilga tegishli).

Yangi nashr professorning Bobur ajdodlari haqida batafsil maʼlumot keltirilgan maqolasi bilan ochiladi. Unda olim Bobur va uning avlodlari borasida Gʻarbda oʻrnashib qolgan tushuncha – “Buyuk moʻgʻullar imperiyasi” degan nom xato ekanini isbotlaydi.

AQSH Kongressi kutubxonasining nemis tilidagi adabiyotlar boʻlimi xodimi doktor Devid B.Morris “Boburnoma” tarjimasining yangi nashri katalogga kiritish, raqamlashtirish uchun qabul qilinganini xabar berib, ajoyib kitob uchun tarjimonga minnatdorlik bildirdi.