Ijtimoiy tarmoqlarda qurilishlar sabab mazkur “Allaniyaz qaharman” bogʻi yoʻq boʻlib ketish ehtimoli bor, degan xabarlar shov-shuv boʻlgan edi.
Ushbu xabardan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev shaxsan oʻzi ushbu bogʻni otaliqqa olishini bildirdi.
Joriy yil bahor mavsumi kelishi bilan boqqa qoʻshimcha yangi nihol koʻchatlari ekilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining shaxsan nazoratiga olindi.