Muassasa 360 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, ayni paytda 24 nafar pedagog-tarbiyachi 222 nafar bolaga ta'lim-tarbiya beryapti. Kuni kecha bog'cha ochilishiga bag'ishlangan mo''jaz tadbir o'tkazildi.
Pandemiya tufayli davom etgan uzoq muddatli tanaffusdan keyin Uchtepa tumanidagi 399-maktabgacha ta'lim tashkiloti yana bolalarni o'z bag'riga oldi. Muassasa 360 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, ayni paytda 24 nafar pedagog-tarbiyachi 222 nafar bolaga ta'lim-tarbiya beryapti. Kuni kecha bog'cha ochilishiga bag'ishlangan mo''jaz tadbir o'tkazildi.
— Muassasamiz ayni paytda pandemiya davrida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo'yiladigan muvaqqat sanitariya-epidemiologiya talablariga javob beradi, — deydi 399-maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari Gulparshin Uzoqbergenova. — SHu kunlarda muassasamizga yana 180 nafar bola qabul qilinishi rejalashtirilgan. Hozir faoliyat yuritayotgan 12 ta guruhga 15 nafardan bola olinib, ta'lim-tarbiya jarayoni barcha sanitariya qoidalariga rioya qilingan holda tashkil etiladi.
Bog'chaning ochilish marosimida 60 nafar bola xush kayfiyatda tarbiyalanuvchilar safiga qabul qilindi.
Suratlarda: bog'cha hayotidan lavhalar.
Suratchi: Muzaffar Abdullaev