“Aqlvoy” deb nom olgan koʻchma bogʻchalar, yaʼni maxsus jihozlangan toʻrtta avtobus viloyatga keltirilib, ular endilikda Hazorasp, Bogʻot, Yangiariq va Xiva tumanlaridagi eng chekka qishloqlarda yashovchi bolalarni oʻziga qamrab oladi.

Jami oʻn bitta bekat tashkil qilinib, koʻchma bogʻchalarga tortiladigan bolalar roʻyxati shakllantirilyapti. Yangi oʻquv yili boshlanishi bilan ushbu usulda yana 384 nafar jajjini MMTlarga tortish imkoni yaratiladi.

Prezidantimizning maktab yoshigacha boʻlgan bolalarni yuz foiz MMTlarga qamrab olish boʻyicha topshiriqlarini ijrosini taʼminlash maqsadida hali maktabgacha taʼlim muassasalari qurilmagan eng chekka hududlarda ana shunday zamonaviy taʼlim usulidan foydalanish yoʻlga qoʻyilyapti.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.