Berilgan maʼlumotlarga koʻra, bitiruvchilar diplomini olgach mutaxassisligi boʻyicha jahonning eng ilgʻor va yetakchi ishlab chiqarish korxonalari va xizmat koʻrsatish tashkilotlarida faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin.

Foydalanishga topshirilgan yangi markazda tikuvchilik, mebel va yogʻochga ishlov berish, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, qurilish va pardozlash ishlari kabi 20 ga yaqin kasb-hunar sirlari, bir nechta xorijiy tillari, shuningdek, boradigan davlatining qonunchiligi, migrantlar haq-huquqlari haqida maʼlumotlar berib boriladi.

 – Andijon viloyati hokimligi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Savdo sanoat palatasi, Kasb-hunarga oʻqitishni rivojlantirish markazi va boshqa bir qator yirik va nufuzli ish beruvchilar bilan hamkorlik oʻrnatilgan. Hozirda xorijiy ish beruvchilar tomonidan talab qilinayotgan 13 mingdan ziyod boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlar shakllantirilgan. – deydi viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Elyorbek Xolmirzayev.