- 12 sotixlik limonariyamizdan 5-6 tonna xosil olamiz. Bir tup koʻchat 20-25 kilo xosil beradi. Limon asosan qishda pishadi. Uni maxsus metod asosida avgust oyiga qadar sovutgich omborda saqlaymiz. Hozirgi narx bilan yozdagi narx uch karra ortadi.
Oʻz tajribamizni mahalladoshlarga ham oʻrgatmoqdamiz. Oʻzim ham Saʼdiy Sheʼroziy mahallasida hokim yordamchisi sifatida ish boshladim. U yerda ham aholini koʻchatchilik va limonchilikka oʻrgatmoqdaman, — deydi oʻz mahallasida tadbirkor, oʻzga mahallada hokim yordamchisi boʻlmish Murodjon Eshonxoʻjayev.
— Mahallada 1224 xonadon mavjud boʻlib, 6227 nafar aholi istiqomat qiladi. Ular asosan limonchilik, giloschilik, bogʻdorchilikka bilan shugʻullanishadi. Xonadonbay oʻrganish chogʻida bu yoʻnalishlarni yanada kengaytirish boʻyicha choralar koʻrmoqdamiz, — deydi Bogʻishamol-2 mahallasida hokim yordamchisi boʻlib ishlayotgan Ravshan Eshonxshjayev.