Qo‘shni davlatga o‘tish uchun “S.Najimov” chegara bojxona postiga “DAF” rusumli yuk avtoulovini boshqarib kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, avtotransport vositasi saloni ichida yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 3 400 AQSH dollari, 1 075 000 Rossiya rubli, 254 000 Qozoq tengesi hamda 4 200 000 o‘zbek so‘mini  olib chiqib ketayotganligi aniqlandi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.