баннер
11 Apr 2025
18:04

    Bojxona maʼmuriyatchiligida oʻzgarishlar amalga oshiriladi

    2026-yil 1-martdan bojxona nazorati jarayonlari “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi orqali yanada soddalashtiriladi.

    Farmonga asosan, bojxona maʼmuriyatchiligida quyidagi oʻzgarishlar joriy etiladi:

    • 2025-yil 1-iyuldan Jahon savdo tashkilotining Savdo tartibotlarini soddalashtirish bitimi talablari asosida tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi joriy etiladi.

    2025-yil 1-sentyabrdan:

    • oʻtkazish punktlarida undiriladigan barcha turdagi yigʻim va toʻlovlar bojxona organlarining axborot tizimi orqali undiriladi va hisobi yuritiladi;
    • “Gʻishtkoʻprik”, “Zangiota” va “Dovut ota” oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalari uchun ikki yoʻlakli xavflarni boshqarish tamoyillariga asoslangan davlat nazorat tartibotini qoʻllash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

    Bunda:

    • “yashil yoʻlak”da – xavf darajasi past boʻlgan avtotransport vositalari va unga yuklangan tovarlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishida davlat nazoratining barcha shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi, avtotransport vositasi va uning haydovchisiga nisbatan amalga oshiriladigan hujjatli nazorat bundan mustasno;
    • “qizil yoʻlak”da – davlat nazorati xavf darajasi yuqori va tasodifiy tanlovda aniqlangan avtotransport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
    • “qizil” yoki “yashil” yoʻlaklar bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi orqali avtomatik tarzda belgilab beriladi;
    • oʻtkazish punktidagi davlat nazorat organlari xodimlari tomonidan “profayling” tanlov asosida avtotransport vositalari bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimida “yashil yoʻlak”dan “qizil yoʻlak”ka yoʻnaltirilib, tegishli nazorat shakllari qoʻllanadi.

    2026-yil 1-sentyabrdan ushbu tartib sinov natijalariga koʻra boshlab bosqichma-bosqich avtomobil yoʻli oʻtkazish punktlarida kuchga kiradi.

    2026-yil 1-martdan bojxona nazorati jarayonlari “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi orqali yanada soddalashtiriladi.

    Bundan tashqari, bojxona ombori rejimida saqlash muddati oʻtgan tovarlar 90 kun ichida talab qilib olinmagan hollarda ular sud qarori asosida davlat egaligiga oʻtkaziladi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech