Vazirlar Mahkamasining 66-sonli qaroriga, muvofiq fuqaroga 4 870 yevro va 190 000 Rossiya rubli qaytarib berildi, qolgan 220 000 Rossiya rubli esa huquqbuzarlik ashyosi sifatida vaqtincha saqlovga olindi.
“Navoiy” chegara bojxona postida ham shunga o‘xshash holat qayd etildi. Qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan yo‘lovchi shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Fuqaro shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, qorin qismida, shim ichiga yashirilgan holda og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan va bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 630 000 Rossiya rubli naqd xorijiy valyutasi borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.