Muloqotda bojxona boshqarmasi boshligʻi T.Saidov, Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini tashkil etish boʻlimi katta inspektori K.Alimov, Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot boʻlimi boshligʻi M.Tojimamatov, “Toshkent-tovar” TIF bojxona posti boshligʻi Sh.Bakiyev, post boshligʻi oʻrinbosari T.Yoʻldoshev, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari, bojxona omborlari vakillari ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot davomida hozirgi kunda bojxona omborlariga yuklangan vazifalar, ularda yaratilayotgan qulayliklar, shu bilan ushbu yoʻnalishda uchrayotgan muammolar xususida atroflicha muhokama qilindi.
Muloqotda soʻzga chiqqan mutasaddilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 531-son qaroriga asosan bojxona ombori egalariga bir qator vakolatlar berilganligini tushuntirildi.
Muloqot yakunida boshqarma boshligʻi T.Saidov soʻzga chiqib, Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida bojxona omborlari rahbarlariga katta masʼuliyat yuklanganligi, bojxona omborlari mudirlarini bepul oʻqitib berish imkoniyatlari yaratib berilishi, tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan turli qingʻirliklar aralashib qolmaslik, shunday holatlar kuzatilganda darhol bojxona organini xabardor qilish lozimligi, “qonun ustuvor-jazo muqarrar” prinsipida ishlash kerakligini taʼkidlab oʻtdi.
Bu kabi muloqotlarning doimiy tashkil etilishi sohada qabul qilinayotgan meʼyoriy hujjatlar talablarini masʼullarga oʻz vaqtida yetkazishga, “bojxona va tadbirkor bir tanu bir jon” tamoyili asosida soha rivojiga muhim omil boʻlib xizmat qiladi.