Ushbu jarayonda, xususan, tashqi iqtisodiy faoliyat barqarorligini taʼminlashda bojxonachilarga muhim vazifa yuklatilgan.

Maʼlumki, mamlakatimiz bojxona organlari respublikami hududida samarali bojxona nazoratini amalga oshirish, tovar ayirboshlashni tartibga solishni taʼminlash, eksport hamda iqtisodiyot rivojlanishini ragʻbatlantirish va ichki bozorni himoyalash yoʻlida xizmat qilmoqda.

Bu borada Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti faoliyati eʼtiborga molik.

2022-yil yanvar oyi davomida bojxona postida 7 956 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilib, ular boʻyicha 700 mlrd.soʻmlik bojxona toʻlovlari davlat byudjetiga oʻtkazildi.

Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 68 ta korxonalarga bojxona toʻlovlaridan 63,5 mlrd. soʻmlik imtiyozlar berildi.

Shuningdek, mazkur bojxona postida 1782 ta bojxona koʻrigi jarayonlari amalga oshirildi. 55 holatda 1 mlrd. 224 mln. soʻmdan ortiq qiymatdagi noqonuniy tovarlar borligi aniqlandi.

Bojxona postida 75 foiz tovarlar soddalashtirilgan tartibda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazildi.

Ushbu bojxona postida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida yaratilgan qulayliklardan esa tadbirkorlar mamnun.

Muxtasar aytganda, bojxona posti xodimlari xalqaro standartlarga mos ravishda tadbirkorlik subyektlariga eksport-import jarayonlarini amalga oshirishda yaqindan koʻmak bermoqda.

Bojxona tizimining samarali faoliyati esa, oʻz navbatida mamlakatimizning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va iqtisodiy qudratining yuksaltirishga xizmat qiladi.

Munis Xalilova,

“Toshkent-tovar” bojxona posti katta inspektori