Bojxona xodimi mototsiklda avtohalokatga uchrab, hodisa joyida vafot etdi

    Avtohalokat 2023 yil 2 mart kuni “Farg'ona xalqa yo'li”ning Marg'ilon shahar hududidan o'tgan 226 km.da sodir bo'lgan.

    Farg'ona viloyat prokuraturasining ma'lum qilishicha, Farg'ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimi M.M. boshqaruvidagi “Yamaha” rusumli mototsiklda harakatlanib kelib, boshqaruvni yo'qotib yo'l chetidagi beton to'siqqa uriladi. So'ng mototsikl o'z yo'nalishida harakatlanib ketayotgan fuqaro A.A. boshqaruvidagi “Jentra” rusumli avtomashinaning orqa chap tomoniga urilib, yo'l transport hodisasi sodir etgan.

    Natijada M.M. olgan tan jarohati oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

    Mazkur holat yuzasidan Marg'ilon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Jinoyat ishining dastlabki tergovi ustidan viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o'rnatilgan.