“Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Qarorga koʻra, quyidagilarni nazarda tutuvchi bojxona yigʻimlari stavkalari tasdiqlandi:
- tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar miqdorini bojxona organlari tomonidan harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning taxminiy qiymatidan kelib chiqib belgilash;
- tovarlarni “eksport” va “import” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yigʻimlari stavkalarini oʻzaro muvofiqlashtirish.