Unda asosan oʻqituvchilar, maʻnaviyatchilar, ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar, keng kitobxonlar faol ishtirok etishmoqda.

Eʻtiborlisi, kuni kecha oʻtkazilgan viktorinada viloyat bojxona boshqarmasi katta inspektori Ruslan Nurov birinchilardan boʻlib toʻgʻri javob yoʻllab, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Bugun gʻolibga sovrin – diplom va Abdulla Avloniy “Tanlangan asarlar”i hamda Markaz viloyat boʻlimi tomonidan chop etilgan kitoblar taqdim qilindi, deb yozmoqda Respublika maʻnaviyat va maʻrifat markazi matbuot xizmati.