Davlat bojxona qoʻmitasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahri Yashnobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga doir navbatdagi holat fosh qilindi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro I.D. boshqaruvidagi «Lada Vesta» rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, xolislar ishtirokida va belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.

Natijada, avtomashinaga xorijda ishlab chiqarilgan, ammo sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi bironta ham hujjati boʻlmagan 1200 dona “Minoxodil” nomli dori vositalari ortilgani maʼlum boʻldi.

Shu tariqa, soch oʻstirish uchun moʻljallangan mazkur dori vositalari 144 mln. soʻmga pullanayotgan vaqtida toʻxtatib qolindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.