Bojxonadan yashirincha zargarlik buyumlarini olib oʻtmoqchi boʻlgan fuqaro ushlandi

    Voqea-hodisalar 28 May 2025 727

    Maʼlumotlarga koʻra, ushbu zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 120 mln. soʻmni tashkil qilmoqda.

    Qayd etilishicha, Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Doʻstlik“ chegara bojxona postida yoʻlovchilardan biri 114 gr. ogʻirlikdagi 12 dona zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirishga uringan vaqtida toʻxtatib qolindi.

    Bojxona xodimlarining ogʻzaki soʻrovida va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida maʼlum qilinmagan mazkur zargarlik buyumlarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 120 mln. soʻmni tashkil qilmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, viloyat bojxonachilari joriy yilning oʻtgan davrida qiymati 1,5 mlrd soʻmlik salkam 1,5 kg ogʻirlikdagi zargarlik buyumlarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib oʻtilishining oldini olishdi.