Toshkent viloyati Boʻka tumanidagi “Madaniyat” mahalla fuqarolar yigʻini binosi davlat sherikchiligi asosida qurib foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda hokimiyat vakillari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi mutaxassislari, hudud faollari ishtirok etdi.
Dastlab “Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvi raisi D.Usmanov, Xalq deputatlari Boʻka tumani kengashi kotbiyat mudiri R.Mirsaidovlar soʻzga chiqib, mahalla axolisini yangi ochilgan bino bilan tabrikladi.
Tashkilotchilar tomonidan joylardagi yangi qurilgan mahallalarni moddiy texnikasini mustaxqamlash sertifikat asosida viloyatdagi toʻrtta mahallalarga kompyuter va printer jamlanmalari, yettita mahallaga mebel jamlanmalari, shunindek, ikkita mahallaga kompyuter, printer va mebel jihozlari topshirildi.
Tadbir yakunida “Mahalla” fondi Toshkent viloyati boʻlimi tomonidan viloyatdagi kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam pullari, xotin-qizlarni oʻzini oʻzi band qilish maqsadida esa ularga tikuv mashinasi topshirildi. Nogironligi boʻlgan fuqarolarning uylariga ham borilib, ularga nogironlik aravaschasi xadya qilindi.
Toshkent viloyat hokimligi axborot xizmati