Maʼlum boʻlishicha, u paxta va gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaligi rahbarining ishonchiga kirib, xoʻjalikning soliq organlarida mavjud 165,6 mln soʻmlik qarzdorligini viloyat soliq boshqarmasidagi tanishlari orqali kechiktirib berish evaziga 10 mln soʻm talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda bosh inspektor talab qilingan pulni oʻz xizmat xonasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, fuqarolar bunday qonunbuzilish holatlariga duch kelganda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga murojaat qilishi mumkinligi, murojaat etgan shaxsning shaxsiyati sir saqlanishi kafolatlanishi maʼlum qilindi.