Avval xabar berganimizdek, Iordaniyada boks boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.

Musobaqada - 48 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Farzona Fozilova chorak finalda iordaniyalik Sara Qavasmiga qarshi ringga koʻtarildi va 3-raundda muddatidan oldin gʻalaba qozondi. U jang davomida raqibini 3 marotaba nokdaun holatiga tushirib qoʻydi. 3-raundga kelib, referi jangni toʻxtatishga qaror qildi.

Endi Farzona yarim finalda qozogʻistonlik Alua Balkibekovaga qarshi ringga koʻtariladi.