баннер
20 Apr 2025
06:08

    Boks. Shahram Gʻiyosov navbatdagi raqibini muddatidan avval magʻlub etdi

    Oʻzbekistonlik professional bokschi Shahram Gʻiyosov AQSHning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida argentinalik Franko Maksimiliano Okampoga qarshi ringga chiqdi.

    10 raunddan iborat boʻlgan ushbu jangda Shahram Gʻiyosov argentinalik Franko Maksimiliano Okamponi 4-raunddayoq magʻlub etdi.

    Shunday qilib u professional boksdagi 17-gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

    — Men uchun tayyorgarlik jarayoni qiyin boʻldi. Chunki men qizimni yoʻqotdim. U meni koʻrib turib, duo qilib turgandi. Men uni sogʻinyapman. Uni juda yaxshi koʻrardim. Bu gʻalabani qizimning xotirasiga bagʻishlayman, — deydi Shahram Gʻiyosov.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech