10 raunddan iborat boʻlgan ushbu jangda Shahram Gʻiyosov argentinalik Franko Maksimiliano Okamponi 4-raunddayoq magʻlub etdi.

Shunday qilib u professional boksdagi 17-gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

— Men uchun tayyorgarlik jarayoni qiyin boʻldi. Chunki men qizimni yoʻqotdim. U meni koʻrib turib, duo qilib turgandi. Men uni sogʻinyapman. Uni juda yaxshi koʻrardim. Bu gʻalabani qizimning xotirasiga bagʻishlayman, — deydi Shahram Gʻiyosov.