Unda oʻzbekistonlik bokschilar asosiy tarkib bilan ishtirok etyapti. Kecha boʻlib oʻtgan bahslarda toʻrtta bokschimiz oʻz janglarini gʻalab bilan yakunlagan boʻlsa, bitta bokschimiz yutqazib qoʻydi.
–49 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Nodirjon Mirzahmedov qozogʻistonlik bokschi Temirtas Jusupovni 3:2 hisobida magʻlub etdi.
–60 kg vaznda yosh va umidli bokschimiz Abdumalik Xalakov italiyalik Franchesko Oysaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi 5:0.
–69 kg vaznda Bobousmon Boturov Belarus vakilli Aleksandr Rodionovni 5:0 hisobida magʻlub etdi.
–81 kg vaznda Dilshod Roʻzmetov ham hindistonlik Sumit Sangvandan 5:0 hisobida ustun keldi.
–91 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Sanjar Tursunov boshqa bir belaruslik bokschi Vladislav Smyaglikovga 4:1 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani yakunladi