Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo'ldi. Bu haqda Daily Express xabar berdi.
Hodisa Lagos-Ibadan trassasida sodir bo'lgan. Ichida sportchi bo'lgan yo'ltanlamas avtomashina harakatsiz yuk mashinasiga borib urilgan. Manbaga ko'ra, Joshua avtomobilning orqa o'rindig'ida bo'lgan. Bokschi yengil jarohat oldi.
Joshua sobiq og'ir vaznda IBF, WBA va WBO va 2012-yilgi Olimpiya chempioni, deb xabar berdi sport-express.ru.