Qayd etilishicha unda Oʻzbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, oʻz tarixida ilk bor 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.
-66 kg vazn toifasining final jangida Navbahor Hamidova Olimpiada va jahon chempioni, turkiyalik Busenaz Surmenliga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi. Shunday boʻlsa ham, u kattalar oʻrtasidagi dunyo birinchiliklarining finalida ringga koʻtarilgan birinchi oʻzbekistonlik bokschi qizga aylandi.
Musobaqada shohsupaga koʻtarilgan hamyurtlarimiz;
Kumush medal:
- -66 kg: Navbahor Hamidova
- Bronza medal:
- -48 kg: Farzona Fozilova
- -50 kg: Sabina Boboqulova
- -52 kg: Feruza Kazakova