Bokschilarimiz “Eindhoven cup” turnirida 2 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi

    Sport 10 Iyun 2025 565

    Niderlandiyada boks boʻyicha “Eindhoven cup” turniri yakuniga yetdi.

    Qayd etilishicha, musobaqada ishtirok etgan 3 nafar Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi chempionlik uchun ringga koʻtarildi. Hamyurtlarimizdan Abdumalik Xalokov (-60 kg) va Toʻrabek Habibullayev (-90 kg) final janglarini muvaffaqiyatli oʻtkazib, oltin medalga ega chiqdi. Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev (-70 kg) esa turnirni kumush medal bilan yakunladi.

    Qayd etish joiz, musobaqa davomida yorqin janglari bilan ajralib turgan Abdumalik Xalokov “Turnirning eng yaxshi erkak bokschisi“ deb topildi.

    Oltin medal

    • -60 kg: Abdumalik Xalokov
    • -90 kg: Toʻrabek Habibullayev

    Kumush medal

    • -70 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev