Ushbu turnirning boks bahslarida oʻsmirlar jamoamiz ham ishtirok etdi. Baxtiyorjon Toʻraboyev murabbiyligidagi Oʻzbekiston oʻsmirlar jamoasi 7 ta oltin medalga sazovor boʻldi.
Choʻlpon-Ota ringlarida oʻtgan shiddatli janglarda Abduvoris Rahimjonov, Kamronbek Bahodirov, Javlonbek Mahamadisaqov, Asadbek Esonboyev, Ibrohim Shokirjonov, Jahongir Toʻychiboyev va Asadbek Sultonboyev oʻz vazn toifalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va ular sharafiga Oʻzbekiston madhiyasi yangradi.