Sobiq Ittifoq qahramoni Konstantin Korotkov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan musobaqada yigitlarimiz jami 8ta medalga sazovor boʻlishdi, shundan 4tasi oltin, bitta kumush va 3tasi bronza medalidir.

Musobaqada umumjamoa hisobida 2-oʻrinni egallagan bokschilarimiz bugun erta tongda yurtimizga qaytib kelishdi.

Xalqaro turnirda sovrindor boʻlgan bokschilarimiz roʻyxati:

Oltin:

-52 kg: Mironshox Ibragimov,

-60 kg: Xurshid Rasuljonov,

-63 kg: Mujibillo Tursunov,

+91 kg: Lazizbek Mullajonov,

Kumush:

-91 kg: Madiyar Saidrahimov,

Bronza:

-49 kg: Sohib Sodiqjonov,

-69 kg: Jahongir Rahmonov,

-81 kg: Suhrob Qayumov.