Boku Qozog'istondagi aviahalokatdan 32 kishi tirik qolganini ma'lum qildi

    Aqtau yaqinidagi aviahalokatda dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 32 kishi tirik qoldi, ammo bu yakuniy raqam emas, dedi Ozarbayjon Bosh prokuraturasi vakili.

    25-dekabr kuni ertalab Qozog'iston g'arbidagi Aqtau shahri yaqinida Bokudan Grozniyga uchayotgan Azerbaijan Airlines samolyoti halokatga uchradi. Rosaviatsiya ma'lumotlariga ko'ra, samolyot qushlar bilan to'qnashib ketganidan keyin komandir Aqtaudagi zaxira aerodromga uchishga qaror qilgan. Qozog'iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, bortda 69 kishi, jumladan, 5 ekipaj a'zosi bo'lgan, 30 ga yaqin kishi tirik qolgan. Rossiya elchixonasi ma'lumotlariga ko'ra, 10 nafar rossiyalik Aqtau shifoxonasiga yotqizilgan, deb xabar beradi ria.ru.

    “Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 32 kishi tirik qoldi, ammo bu yakuniy raqam emas”, dedi departament vakili brifingda.