Bokuda “Choklardagi meros: Oʻzbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari boʻylab sayohat” koʻrgazmasi ochildi

    Ozarbayjon poytaxtidagi Haydar Aliyev markazida “Choklardagi meros: Oʻzbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari boʻylab sayohat” koʻrgazmasi ochildi.

    Ochilish marosimida Oʻzbekiston respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Ojarbayjon Prezidenti rafiqasi Mehribon Aliyeva ishtirok etdi.

    Bu haqda Saida Mirziyoyeva oʻz sahifasida maʼlum qildi.

    "Kecha Ozarbayjon poytaxtidagi Haydar Aliyev markazida “Choklardagi meros: Oʻzbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari boʻylab sayohat” koʻrgazmasi ochildi. Unda 140 dan ortiq bezakli amaliy sanʼat namunalari taqdim etilgan.

    Soʻzanalar kashtachi ustalar tomonidan oylar davomida tikiladi. Ulardagi har bir gul va naqshlar chuqur maʼnoga ega.

    Anʼanaviy zar choponlarimiz, rang-barang soʻzanalar va qimmatbaho toshlar bilan bezalgan kumush taqinchoqlar koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilarda unutilmas taassurot qoldiradi, degan umiddaman.

    Muzey mutaxassislari va ushbu koʻrgazmani tashkil etishda qatnashgan barchaga chin yurakdan minnatdorlik izhor etaman", - deydi Saida Mirziyoyeva.