Bu haqda Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, klinikada bemorlarni qoʻl energiyasi orqali davolaydi, deb tanilgan oʻzbekistonlik Iqbol Soliyev qabuli oʻtkazilgan. U “Bionur” nomli yoʻnalish asoschisi sifatida tanilib, bioenergiya yoki energiya terapiyasi bilan shugʻullanishini aytgan.
Qafqazinfo nashrining yozishicha, u bir bemorni 60 manat evaziga qabul qilgan va uning qabuliga koʻplab odamlar kelgan. Shu sababli klinikada odamlar toʻplanib, navbat yuzaga kelgan.
Klinika maʼmuriyati Iqbol Soliyev mazkur tibbiyot muassasasi xodimi emasligini maʼlum qilgan. U klinikada ikki kun davomida qabul oʻtkazgan va shundan keyin muassasani tark etgan.