"Reglamentga ko‘ra, musobaqaning birinchi kunida erkaklar o‘rtasida -68 kg, ayollarda esa -57 kg vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi", deb yozmoqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi Matbuot xizmati.

Bugungi bellashuvlarda hamyurtlarimizdan Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulugʼbek Rashitov hamda Madina Mirabzalova yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ular musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlaydi:

- 68 kg: Ulugʼbek Rashitov – Uilfrid Makentchou (Kamerun)/Jozef Firi (Malavi);

- 57 kg: Madina Mirabzalova – Tina Modanlo (Eron).