Bu haqda respublika Bosh prokuraturasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

“Vayronalarni tozalash chog'ida 3 kishining jasadi topildi, 24 kishi turli tan jarohatlari oldi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bokudagi mebel sexlaridan birida yong'in bilan birga portlash sodir bo'lgani haqida xabar bergan edi.

Yong'inni o'chirish ishlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi tass.ru.