Hashar Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Toshkent shahar “Maxsustrans” DUK hamda Toshkent shahar “Obodonlashtirish” boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi. Ekologik hashar davomida “Bolajon” istirohat bogʻi hududida tozalash ishlari amalga oshirildi.

Mazkur tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi aʼzolari, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi, “Savdogar Bank” xodimlari, Xalq deputatlari Mirobod, Shayxontoxur, Chilonzor tuman Kengashlari deputatlari, atrof — muhit hamda oʻz kelajagi uchun befarq boʻlmagan koʻngilli yoshlar va shahrimiz aholisi, istirohat bogʻiga tashrif buyurgan mehmonlari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Ekologik partiyasining Toshkent shahar partiya tashkiloti tomonidan, joriy yil 9 -11-avgust kunlari ekologik reydlar tashkil etildi va ekologik muammolar, kamchiliklar aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etishga bagʻishlangan tadbirlar orqali mavjud muammolarni hal etish maqsadi bugungi tadbirni oʻtkazishga undadi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan bugungi hashar Toshkent shahrining barcha tumanlarida “Shahrimiz daraxtlarini birgalikda asraylik” shiori ostida oʻtkazilgan aksiyaning uzviy davomi sifatida tashkil etilganligini taʼkidlandi.

Ekologik hashar bogʻ hududidagi barcha daraxtlarning sugʻorilishi bilan yakunlandi.