Muassasanig ochilish marosimida viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosari Otabek Nosirov, tuman hokimi oʻrinbosari B.Norqulov, maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari G.Parpiyeva hamda boshqarma mutaxassislari, mahalla faollari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqganlar mamlakatimizda yosh avlodning jismoniy sogʻlom va maʼnan yetuk insonlar boʻlib ulgʻayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun barcha sharoitlar yaratilayotganligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Mazkur tashkilotda guruh xonalari, alohida oshxona, musiqa va sport zali, yozgi ayvonchalar va oʻyin maydonchalari, tibbiyot va psixolog xonalari mavjud.