1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ish boshlaydigan bogʻchalarda 675 kishi ish bilan taʼminlanadi. 7572 nafar qoʻshimcha bolalar oʻrni tashkil etiladi va viloyatning bu sohadagi koʻrsatkichi 46,3 foizga oshadi. Umumiy bolalar qamrovi 136 293 nafarga yetadi.
Jumladan, Qarshi shahrida 11 ta, Shahrisabz shahrida 25 ta, Gʻuzorda 6 ta, Dehqonobodda 14 ta, Kasbida 18 ta, Kitobda 37 ta, Kosonda 3 ta, Qamashida 2 ta, Qarshi tumanida 4 ta, Mirishkorda 15 ta, Muborakda 5 ta, Nishonda 4 ta, Chiroqchida 23 ta, Shahrisabz tumanida 22 ta va Yakkabogʻda 11 ta bogʻcha ochiladi.
Eng quvonarlisi, ushbu bogʻchalarning 42 tasi oldin MTM mavjud boʻlmagan olis mahalla hududlarida qad rostladi.
— Nevaralarim taqdiridan xavotirda edim, — deydi qamashilik Xumora momo. — Oʻzim 36 yil oʻqituvchilik qilganman. Nevara-chevaralarim ham ziyoli, Vataniga xizmat qiladigan insonlar boʻlib voyaga yetishlarini koʻradigan kunlarga yetkazganiga shukr.