Shu jumladan, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ham sogʻlomlashtirish ishlarini yana-da rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, bogʻcha tarbiyachilari, rahbar xodimlari oʻrtasida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Ana shunday bellashuvlardan biri poytaxtimizning Mirzo Ulugbek tumanidagi 248-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtdi. Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumanlaridagi Davlat Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari ishtirokidagi bu bellashuv gʻoyat qizgʻin oʻtdi. 9 ta shart boʻyicha oʻzaro kuch sinashgan DMTT direktorlari sportning inson hayotidagi yuksak ahamiyatini yana bir bor his qilldilar, desak xato boʻlmaydi. Musobaqa yakuniga koʻra, gʻoliblik Mirzo Ulugʻbek tumaniga nasib etdi.

Musobaqa qatnashchilariga har ikkala tumanning Maktabgacha taʼlim boʻlimi mudirlari minnatdorlik bildirib, bu kabi musobaqalarda muntazam faol boʻlishga chorladilar.

Munojat Mo'minova