Bolalar maqom studiyasi” ga 12 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan isteʼdodli oʻquvchi yoshlar kasting asosida qabul qilinadi.
Kasting anʼanaviy xonandalik va sozandalik yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladi va “Bolalar maqom studiyasi”ga tanlab olinadi.
Tanlab olingan ishtirokchilar ushbu studiyasi aʼzosi sifatida faoliyat olib boradilar va boʻsh vaqtlarida kelishilgan reja asosida muntazam shugʻullanib, xalqimizning oltin merosi boʻlgan maqom sanʼati sirlarini oʻrganib, ijro qiladilar.
Kasting shartlari: ishtirokchilar 2 tadan asarni jonli ijro etishlari kerak boʻladi. Asarlar ijrochilar tomonidan milliy cholgʻu ansambli yoki (minus) kuyidan foydalanishlari mumkin.
Taqdim etilayotgan asarlar puxta ishlangan boʻlishi hamda ishtirokchilarning har tomonlama yaʼni, ijro va sahna mahoratiga ega ekanliklariga eʼtibor qaratiladi.
Kerakli hujjatlar roʻyxati: 2 ta 3x4 oʻlchamdagi surat, 2 ta badiiy foto surat, (hajmi chegaralanmagan) va ishtirokchining telefon raqami. Tugʻilganlik haqida guvohnoma va oʻqish joyidan maktab maʼmuriyatining maʼlumotnomasi taqdim etilishi lozim.
Hujjatlar 2021-yil 12-apreldan 27-aprelga qadar quyidagi telegram raqami +998 90 978-67-71 orqali qabul qilinadi.
Tanlov 2021-yilning 29-aprel kuni oʻtkazilishi belgilangan.