Aniqlanishicha, holat Mirzo-Ulugʻbek tumanidagi “Oqibat” mahallasi Markaz-1 dahasida joylashgan doʻkonda yuz bergan.
Shu yerda boʻlgan fuqarolar jarayonni videotasvirga olib tarqatishgan. Mazkur holat darhol Bolalar Ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.
Hozirda Ona V.A.ning harakatlariga baho berish yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani:
«Onasining bunday zoʻravonligidan jabr koʻrgan qizcha Toshkent shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy himoya koʻrsatish markaziga joylashtirildi. Onani esa ota-onalik huquqidan mahrum qilish masalasi koʻrib chiqilmoqda
Davlat har bir bola manfaati ustunligini taʼminlaydi.»