Bolalar oʻyinchoqlarini ishlab chiqarishda xavfsizlik talablari belgilandi

    Sanoat 24 Iyul 2020 2772

    Hukumat qarori (451-son, 23.07.2020 y) bilan Bolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi.

    Reglament bolalar oʻyinchoqlarini xavfsiz ishlab chiqarish va sotish talablarini belgilaydi.

    Reglamentga muvofiq:

    bolalar oʻyinchogʻining tarkibi portlash xususiyatiga boʻlgan moddalar va materiallardan iborat boʻlmasligi kerak;

    elektr oʻyinchoqlarda, shuningdek, ularning tarkibiy qismining birortasida ham nominal kuchlanish 24 V dan oshmasligi kerak;

    oziq-ovqat mahsulotlarida va (yoki) oziq-ovqat mahsulotlari bilan chakana savdoga chiqarilgan bolalar oʻyinchoqlari oʻzlarining alohida qadoqlariga ega boʻlishi talab etiladi;

    oʻyinchoqlarga ikkilamchi xomashyolar, yaʼni boshqa maqsadlarda ishlatilgan va qayta ishlash natijasida olingan xomashyolarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi;

    foydalanuvchiga kuyish xavfini keltirib chiqaruvchi tarkibida qizdirish elementi mavjud boʻlgan oʻyinchoqlarni ishlab chiqarish taqiqlanadi;

    uch yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallanmagan oʻyinchoqlarga yosh guruhi koʻrsatilgan, taqiqlovchi shartli grafik belgi qoʻyilgan boʻlishi shart.

    Reglament talablari bolalar oʻyinchogʻi deb qaralmaydigan mahsulotlarga, shuningdek, shaxsiy buyurtmalar va koʻrgazma nusxalari sifatida tayyorlangan oʻyinchoqlarni nisbatan tatbiq etilmaydi.

    Mazkur reglament rasman eʼlon qilingan kunday boshlab 12 oy oʻtgandan keyin amalga kiritiladi.