Ushbu xizmatning asosiy maqsadi bolalarning oiladan ajralib qolishining oldini olish hamda onalarning farzandlarini mustaqil parvarish qilish qobiliyatini rivojlantirishga koʻmaklashishdir.

Bunda:

  • ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar va ularning bolalari (4 yoshga toʻlmagan) 1-yilgacha boʻlgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan taʼminlanadi;
  • ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi, ularda onalik va kasbiy koʻnikmalar shakllantiriladi;
  • “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini taʼminlashga koʻmaklashadi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi – ushbu xizmat faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ hisoblanadi.