Majlisda “Soliq va bojxona qonunchiligi, shuningdek, soliq va bojxona imtiyozlarining qoʻllanilishini takomillashtirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqilmoqda.

Mazkur qonun loyihasi bilan mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz soligʻi stavkasi 15 foizdan 10 foizga tushiriladi, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million soʻmgacha boʻlgan toʻlovlari daromad soligʻidan ozod etiladi, xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun soliq imtiyozlari beriladi va alohida soliq rejimi joriy etiladi.