Davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchilar quyidagi huquqlarga ega:
soʻrovnomada tashkilotning bola uchun toʻgʻri keladigan yoshdagi boʻsh oʻrinlarga ega boʻlgan guruhini (yoʻllanma olish uchun) yoki boʻsh oʻrinlarga ega boʻlmagan guruhini (navbatga kiritilishi uchun) koʻrsatish (tanlash);
bolani tugʻilgan vaqtdan boshlab tashkilotga navbatga qoʻyish;
bir vaqtda uchtagacha tashkilotga navbatga qoʻyish;
xato kiritilgan maʼlumotlarni tuzatish;
davlat xizmati koʻrsatilayotgan har qanday bosqichda undan foydalanishni rad etish.
Joriy yil oʻquv yilining 31-may kuniga qadar yetti yoshga toʻladigan bolalarning soʻrovnomalari ushbu sanada bekor qilinadi hamda avtomatik ravishda navbatdan chiqariladi.