Bolalar ombudsmani holat nazoratga olinganini maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 16-aprel kuni Toshkent shahri Sergeli tumani, 277-oʻrta maktab 1-“Ye” sinf oʻquvchilarining 15 nafar ota-onalari mazkur maktab direktorining huzuriga kelib, 1-“Ye” sinf rahbari S.R.(ayol)ning ustidan shikoyat qilgan.
Murojaatda ota-onalar sinf rahbari S.R. oʻquvchilar qoʻlining kaft qismini ustiga samorez va ignalar bilan sanchib turli jarohatlar yetkazgani, goʻyoki shunday usulda bolalarni tarbiyalashga uringanini bildirishgan.
1-“Ye” sinf rahbari S.R. bolalarga nisbatan shunday nomaqbul harakatlarni sodir qilganligi yuzasidan oʻqituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, u ishdan boʻshatildi.
Hozirda holat yuzasidan Sergeli tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Bu boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.