Guruhlar 3-18 yoshdagi bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlarini aniqlaydi, ularga mos ta’lim shakli va zarur qo‘llab-quvvatlash choralarini belgilaydi hamda davlat ta’lim muassasalariga yo‘naltiradi.
Tizim uch bosqichda joriy etiladi:
1-oktabrdan — Navoiy va Urganch shaharlarida;
1-noyabrdan — Karmana, Qiziltepa, Konimex, Yangibozor, Qo‘shko‘pir tumanlari va Xiva shahrida;
1-dekabrdan — ikki viloyatning qolgan tuman va shaharlarida.
Hududlarga jami 12 ta kompleks baholash guruhi xizmat ko‘rsatadi: Navoiy viloyatida — 5 ta, Xorazm viloyatida — 7 ta.
Baholash jarayonida maxsus pedagog, psixolog va mahalladagi ijtimoiy xodim bolaning ta’lim olish imkoniyatlari, rivojlanishi, muloqoti, xulq-atvori, oilaviy va ijtimoiy muhitini kompleks o‘rganadi. Jarayonda ota-ona yoki qonuniy vakil ishtirok etadi, zaruratga ko‘ra tibbiyot mutaxassislari ham jalb qilinadi.
Yangi tizimning asosiy afzalliklari:
xizmatlar oilalarga yaqinlashadi;
bolaning imkoniyatlari va ehtiyojlari har tomonlama baholanadi;
har bir bolaga mos ta’lim shakli va qo‘llab-quvvatlash choralari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi;
Batafsil ma’lumot va murojaat uchun yashash hududingizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki mahalladagi ijtimoiy xodimga murojaat qilishingiz mumkin.