Bu savollarga Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori oʻrinbosari Hilola Alimovadan javob oldik:
— Hozir bolalarda kechayotgan koronavirus xastaligini gripp yoki oddiy shamollashdan farqlash qiyin. U asosan, isitma, ishtaha yoʻqolishi, koʻngil aynishi, quruq yoʻtal, nafas qisishi, diareya, asabiylashish kabi belgilar bilan namoyon boʻladi.
— Ota-onalar farzandi COVID-19 virusini yuqtirganiga shubha qilsa, qanday yoʻl tutishlari kerak?
— Kasallik belgilari kuzatilsa, vrach tavsiyasiga koʻra, PZR testi topshirilishi kerak.
Buning uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududlardagi boʻlinmalariga, Toshkent shahrida esa har bir tumandagi maxsus COVID poliklinikalariga ham kunu tun murojaat qilishingiz mumkin.
— Bugun koʻpchilik ota-onalarni “bolamni koronavirusdan qanday himoya qilishim mumkin?” degan savol oʻylantirayotgani shubhasiz...
— Buning uchun, avvalo, ular oʻzlarini virusdan himoya qilishlari lozim boʻladi.
Shuningdek, ota-onalar quyidagi tavsiyalarni beramiz:
Farzandingizning qoʻllarini tez-tez yuving va ularga koʻp bosqichli qoʻl yuvish texnikasini oʻrgating.
Bolaga jamoat joylaridan qaytganidan keyin qoʻllarini yuvishdan oldin ogʻiz, burun, koʻzlarga tegmaslik kerakligini tushuntiring.
- Tibbiy niqob rejimiga rioya qiling.
- 5 yoshdan katta boʻlgan bolalarni koronavirusga qarshi emlashni unutmang!
- Bolaning immunitetini mustahkamlash ham muhim.
- Balanslangan ovqatlanish, jismoniy faollik (lekin meʼyorida), aqliy faollik va hissiy barqarorlik, muntazam tibbiy nazorat infeksiyaning oldini olishga yordam beradi.
— Qanday belgilar kuzatilsa, tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilish kerak?
— Tana harorati yuqori koʻtarilishi, nafas olish qiyinlashishi, tez yoki sayoz nafas olish (chaqaloqlarda: ingrab nafas olish, emishdan bosh tortish), lablar yoki butun yuzning siyanozi (terining koʻkimtir tus olishi) kabi holatlar kuzatilsa, zudlik bilan oilaviy poliklinikaga yoki tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilishingiz tavsiya qilinadi.
Mutaxassis bilan suhbatni Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati olib bordi.