Payariq tumanidagi 102-maktabda oʻtkazilgan yigʻilishda bolalarning taʼlim-tarbiyasi masalasida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, milliy gvardiya xodimlarining maktablar bilan hamkorligi tartibi aytib oʻtildi.

“Eng yaxshi narsa nima: Farzandning otalari bilan gʻurulanishi emas, ota-onalarning oʻz farzandlari bilan gʻururlanishi muhim. Ota-onalar maktabga kelsin, bolasining oʻzlashtirishi va davomati, qaysi kasbga mehr qoʻygani bilan qiziqsin. «Oʻzim-ku boʻlmadim, nima boʻlsam boʻldim, endi bolam yaxshi oʻqisin. Bolam yaxshi oʻqisa, til bilsa, bir kasbning ustasi boʻlsa, kelgusida yaxshi yashaydi, qarigan chogʻimda menga suyanchiq boʻladi”, deb fikrlash kerak», — dedi Turdimov

Ota-onalar majlisida chiqish qilgan Turdimov farzandlarning maktabdagi oʻqishi va taʼlim olish uchun sharoit yaratishga befarq ota-onalar haqida ham gapirdi.

“Gilamning yaxshisi mehmonxonada turadi, divan, stol-stulning ham mehmonxonaga qoʻyadi, televizorning kattasi ham mehmonxonada turadi. Bola esa yerda yotib, chiroq soyasida koʻzlarini pirpiratib dars qiladi. Birinchi navbatda uyda bolalarga sharoit qilib berish kerak”, — dedi Turdimov.

Eslatib oʻtamiz, 5-fevral kuni prezident shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtgan edi. Yigʻilishda maktab taʼlimidagi islohotlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan vazifalar belgilab berilgan edi. Jumladan, maktablarda ogʻriqli masalalardan biri bu – tarbiya va maʼnaviyat ekanligi qayd etilib, maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga oʻtkazilishi belgilangan edi.